Termiz shahridagi qozonxona portladi

15:04 16 Yanvar 2023 Jamiyat
522 0

Illustrativ foto

Hodisa haqida Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi. Maʼlum qilinishicha, 2023-yil 16-yanvar kuni soat 11:30 da Termiz shahri Shimoliy darvoza koʻchasi 15-uyda joylashgan Termiz davlat universiteti akademik litseyi binosini isitishga moʻljallangan qozonxonada tashqi tomon quvurlarining muzlab qolishi oqibatida ortiqcha bugʻ toʻplanib, ichki bosim yuqori darajada ortib ketishi natijasida portlash sodir boʻlgan.

Portlash natijasida shu yaqin-atrofda faoliyat olib borayotgan xodimlar P.A. va B.A. zarb tufayli tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan, yana bir xodim N.X. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimov, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshliqlari hamda boshqa masʼullar, shuningdek, tezkor-tergov guruhi aʼzolari yetib kelishgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер