Termiz davlat muzey-qoʻriqxonasida qiymati 3 yarim milliard soʻmga yaqin zarar aniqlandi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduxakimovning topshirigʻiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshchiligida Ishchi guruh joriy yilning iyun—iyul oylari Andijon, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeylarida hamda Termiz davlat muzey qoʻriqxonasida saqlanayotgan noyob ashyolari xatlovdan oʻtkazildi hamda ularning saqlanishi va xavfsizlik holati oʻrganildi.
Oʻrganishda Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida jami 4 dona, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida jami 9 dona ashyolar muzeyning Kirim va Inventar kitoblari hamda ilmiy pasportlarining tavsifnomalariga, oʻlchami, ishlanish uslubi
va yaratilgan davri boʻyicha mos kelmasligi aniqlandi.
Shuningdek, Termiz davlat muzey qoʻriqxonasida ham oʻrganishlar olib borildi va jami 24 dona ashyolar muzeyning Kirim va Inventar kitoblari hamda ilmiy pasportlarining tavsifnomalariga, oʻlchami, ishlanish uslubi va yaratilgan davri boʻyicha mos kelmasligi, 58 nomdagi ashyolar muzey fondida yoʻqligi maʼlum boʻldi.
Madaniy meros agentligining 2022-yil 19-avgustdagi Sanʼatshunoslik eksperti xulosalariga koʻra Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida aniqlangan zarar qiymati 31 000 000 soʻmni, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida 23 700 000 soʻmni, Termiz davlat muzey qoʻriqxonasida 3 466 800 000 soʻmni tashkil qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring