“Temur rolini oʻynashdan 10 kun oldin oyogʻimni sindirib oldim” (+video)

20:26 14 Aprel 2026 Jamiyat
359 0

11-13- aprel kunlari Samarqandda “Amir Temur siymosi sahnada” respublika teatrlari festivali boʻlib oʻtdi. Unda respublikaning turli viloyatlaridan kelgan teatr jamoalari Amir Temur siymosini gavdalantirishga harakat qilishdi.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori Farhod Boltayevning “Adolat fasli” spektaklidagi chiqishi “Eng yaxshi Amir Temur obrazi” deb topildi. Farhod Boltayev ushbu spektaklni oʻzi sahnalashtirgan va festival boshlanishidan 10 kun oldin oyogʻini sindirib olgan. Uning aytishicha, bunda ham hikmat bor.

Shuningdek, turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, pul va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Festival gʻoliblari:

  • Eng yaxshi Amir Temur obrazi — Farhod Boltayev (“Adolat fasli”, Surxondaryo);
  • Eng yaxshi ayol roli — Dastegul Kenjebayeva (Bibixonim obrazi, “Sohibqiron”);
  • Qoʻgʻirchoq teatrida eng yaxshi tarixiy talqin — “Temurbekning bolaligi”;
  • Eng yaxshi grim ishi — Nigora Artukbekova;
  • Eng yaxshi ssenografik yechim — Xayrulla Chorshanbiyev;
  • Eng yaxshi libos rassomi — Qahramon Mamaziyayev;
  • Eng yaxshi epizodik rol — Gʻayrat Husainov (“Oqsaroy”);
  • Eng yaxshi epizodik rol (ikkinchi yoʻnalish) — Habibulla Abdullayev (“Sohibqiron”);

Liboslar koʻrgazmasi natijalariga koʻra quyidagilar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi:

  • 1-oʻrin — Buxoro viloyati musiqali drama teatri;
  • 2-oʻrin — Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri;
  • 3-oʻrin — Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер