Temir yoʻl transportidan bir kunda qancha odam foydalanadi?
Milliy statistika qoʻmitasi yanvar mart oylari davomida temir yoʻl transportidan bir kunda nechtadan odam foydalangani haqida maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning dastlabki uch oyi davomida temir yoʻl transportidan bir kunda oʻrtacha 31,9 ming nafar yoʻlovchilar foydalangan. Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming nafarga oshgan.
Shu vaqt ichida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali tashilgan asosiy turdagi yuklar hajmi ham 27 million tonnani tashkil etdi. Bu natija oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3%ga yuqori.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring