Yangi tahrirdagi “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi

13:45 15 Yanvar 2024 Jamiyat
689 0

Foto: Arxiv surat

Meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329-son qaroriga muvofiq tayyorlangan.

Qonun loyihasining asosiy gʻoyasi temir yoʻl tarmogʻini rivojlantirish uchun tegishli huquqiy muhit yaratish, temir yoʻl transportini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, davlat va fuqarolarning temir yoʻl transportida yoʻlovchi va yuklarni xavfsiz tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishdan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер