Temir yoʻl stansiyalariga xususiy sektorni jalb qilinadi
Foto: Arxiv surat
Davlatimiz rahbari ayrim temir yoʻl stansiyalarining daromadi oʻz xarajatlarini qoplamayotganiga eʼtibor qaratdi.
Masalan, “Nazarbek” stansiyasi atrofida ham aksiyadorlik jamiyatiga qarashli, ham xususiy logistika kompaniyalari joylashgan.
“Temir yoʻl”ga qarashli “Yuksaroy” korxonasi yiliga 1 gektar maydondan 277 million soʻm daromad topgan boʻlsa, xususiy korxonalar 1 milliard soʻmdan ortiq daromad olayapti.
Shu munosabat bilan temir yoʻl stansiyalariga xususiy sektorni jalb qilish va investitsiya kiritish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring