“Telegram” messenjerida soxta telefon sotuvchisining qilmishlari fosh etildi

19:51 29 Iyun 2023 Jamiyat
828 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi 22 yoshli (ayol) Z.B. murojaat qilib, oʻz arizasida “Telegram” messenjerida “nomaʼlum shaxs” unga arzon narxda telefon sotishini aytib, oldindan 6.200.000 soʻm miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʻli bilan oʻtkazib olganini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Fargʻona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi 21 yoshli M.M. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, M.M., Z.B. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, unga 2 dona “Iphone XS MAX” rusumli telefon qurilmasini sotmoqchi ekanligini, aslida telefonlar qimmat turishini, ammo pul zarurligidan sotmoqchi boʻlayotganligini aytib, ishonchiga kirish orqali, oldindan 6.200.000 soʻm pullarini oʻzining bank kartasiga oʻtkazdirib olib, kelishilgan telefon qurilmalarini bermasdan yozishmalarni oʻchirib yuborib, Z.B.ning “Telegram” profilini bloklab qoʻyganligini maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, M.M.ga sodir etgan jinoiy harakatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер