Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi
Shu munosabat bilan kompleks uchun masʼul Bosh vazir oʻrinbosari J.Xodjayev chorak yakunigacha oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
Oʻz tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari B.Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi.
Investitsiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust boʻlgan oʻrinbosarlari ishdan boʻshatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi. Natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring