Tegishli qaror bilan ekologiya va atrof-muhit sohasidagi qonunbuzarliklarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilmoqda
AOKAda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi rahbariyati va mutasaddilari
ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatiga oid Prezident Farmoni va qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha:
— ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlarni ogʻir jinoyatlar toifasiga kiritish;
— davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qoʻyilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshirish;
— Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 10 baravarga hamda oʻsimliklarni oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikastlantirish yoki yoʻq qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 5 baravarga oshirish;
— sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash hamda suyuq maishiy chiqindilarni toʻkkanlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring