Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Turkiya davlatida tashkil etilgan I Xalqaro bolalar teatri festivalida Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Festival doirasida teatr jamoasi “Bremen musiqachilari” spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Mazkur ishtirok O‘zbekiston teatr san’ati rivoji yo‘lida muhim qadam bo‘lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring