Tashqi Mehnat Migratsiyasi tomonidan bir yilda qancha fuqaro O'zbekistonga qaytarildi

14:32 20 Yanvar 2022 Jamiyat
617 0

Tashqi Mehnat Migratsiyasi tomonidan bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi ochiqlandi. Xususan:

Agentlik tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 8 ming 811 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 295 ming 102 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 283 nafariga ijtimoiy yordam, 13 ming 424 nafariga moddiy yordam koʻrsatildi;

7 ming 534 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratildi.

358 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirildi.

321 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar Vatanga qaytarildi.

Ogʻir tan jarohati olgan 17 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi.

Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan toʻlanmay turgan qariyb 984,1 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер