Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.
Uchrashuvda siyosiy, parlamentlararo, madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston-Yaponiya muloqotining istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, jumladan, savdo va investitsiyaviy hamkorlik hajmini oshirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli shakldagi bo‘lajak muloqotlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring