Tashqi ishlar vazirligida muhim tayinlovlar amalga oshirildi
Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Aʼloyev Bahromjon Joʻraboyevich Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bungacha u tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich va Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarlari etib tayinlandi.
M. Madrahimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga, Р.Нуримбетов esa MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring