Tashqi ishlar vazirligida Isroil Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

06:45 06 Oktyabr 2023 Siyosat
453 0

2023-yil 5-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʻloyev Isroil Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zexavit Ben Xillel bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Isroil munosabatlarini yanada rivojlantirishning holati va ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali, xususan, Oʻzbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy jihatlar koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер