Tashqi ishlar vazirligida Bangladesh, Eron, Indoneziya, Malayziya va Pokiston elchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

17:31 07 Dekabr 2023 Siyosat
162 0

2023-yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xorijiy davlatlarning Elchilari Muhammad Monirul Islom (Bangladesh), Muhammad Ali Iskandariy (Eron), Sunaryo Kartadinata (Indoneziya), Ilham Tua Illias (Malayziya) va Ahmad Faruk (Pokiston) bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan ta’limdan tortib savdogacha bo‘lgan ko‘plab sohalardagi hamkorligida hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, yaqin kelajakda davlatlararo aloqalarni istiqbolli qo‘shma loyihalar bilan yanada boyitish zarurligi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер