Tashqi ishlar vaziri oʼrinbosari Bahromjon Aʼloyev Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashdi
2023-yil 29-avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʼrinbosari Bahromjon Aʼloyev Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.
Suhbat chogʼida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda Oʼzbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlarini kengaytirishning holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.
Oʼzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʼrtasidagi BMT, IHT, Koʼrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi muloqotga alohida eʼtibor qaratildi.
Boʼlajak turli darajadagi qoʼshma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari koʼrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring