Tashkilot xodimlariga befarq boʻlsa...

13:48 02 Sentyabr 2020 Jamiyat
817 0

Navoiy shahar «Hosil» BOʻSHX 1306-uyda yashovchi fuqaro S.Fazilov Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilib, oʻz murojaatida 2012-yil 14-noyabr kuni elektr energiyasi uchun 496 kVt.ga toʻlov qilgan boʻlsa-da ammo toʻlov 0117333-raqamli hisob raqamiga kirim qilmaganligidan norozilik bildirib ushbu masalada amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Murojaat, jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Natijada olib borilgan oʻrganishlar natijasida, haqiqatdan ham isteʼmolchi 496 kVt. elektr energiyasi uchun toʻlagan toʻlovi 0117333-raqamli hisob raqamiga kirim qilinmaganligi maʼlum boʻldi.

"Shundan soʻng elektr taʼminoti korxonasi rahbariyatiga fuqaroning isteʼmolchi sifatida huquqlari jamiyat mutaxassislari tomonidan tushuntirildi va isteʼmolchining 496 kVt. elektr energiyasi uchun toʻlagan toʻlovi 0117333-raqamli hisob raqamiga kirim qilib berilishida amaliy yordam koʻrsatildi" deyiladi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер