“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumiga start berildi
Foto: Telegram / Kainbek
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli byudjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlanganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Fuqarolar oʻzlariga qulay boʻlgan usullardan biri orqali, jumladan:
- «Ochiq byudjet» portalining veb-sahifasi;
- portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
- Telegramʻdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring