“Tarixiy bosim”: Chrome brauzeri sotilishi mumkin

11:27 26 Noyabr 2024 Dunyo
316 0

Illyustrativ foto

Bundan tashqari, Android operatsion tizimini boshqa “Google” xizmatlaridan, jumladan, “Google Play” ilovalar doʻkonidan ham ajratishni taklif qilingan.

Soʻngi maʼlumotlarga qaraganda, brauzerni bosh kompaniyadan ajratib olish taklifi qabul qilinsa, “Chrome” 20 mlrd dollarga sotilishi mumkin. Bu haqida “Digital Information World” nashri xabar berdi

Qayd etilishicha, bunday qaror eng yirik texnologik kompaniyalardan biriga nisbatan tarixiy bosim chorasi boʻlishi mumkin.

Avgust oyida Vashingtondagi okrug sudi “Google”ni qidiruv tizimlari bozorida qurilma ishlab chiqaruvchilari va veb-brauzerlar bilan oʻz mahsulotlarida ushbu qidiruv tizimidan foydalanish boʻyicha kelishuvlar orqali monopoliyani oʻrnatishda ayblagan edi.

Shundan soʻng Adliya vazirligi tomonidan texnologik gigantlarni boʻlib yuborish imkoniyatlari koʻrib chiqa boshlangan. Eng koʻp muhokama qilingan variantlar orasida Android operatsion tizimi, “AdWords” va “Chrome” sotuvi bor edi.

Biroq “Google”ning oʻzi taklif qilingan boʻlinishni rad qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер