Tarixda ilk bor Urumchi shahriga birinchi reys qoʻyildi
Air Marakanda va China Southern Airlines oʻrtasida tarixda birinchi marta Samarqand — Urumchi (Xitoy) toʻgʻridan-toʻgʻri reyslari yoʻlga qoʻyildi.
Air Marakanda kompaniyasi Axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, kompaniya China Southern Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlikni boshlabdi. Shu munosabat bilan tarixda ilk bora Urumchi shahriga birinchi reys ishga tushirildi. Aviakompaniya Xitoydan Samarqandga parvozlarni amalga oshiradigan ilk aviareysga aylandi.
Birinchi reys yoʻlovchilari uchun mavzuviy fotolar burchagi, shirinliklar bilan choy marosimi, shuningdek, mashhur Samarqand tut qogʻoziga Xitoy tilida kalligrafiya yozuvlari bitilgan koʻrgazmalar maydoni tashkil etildi.
Endi Samarqanddan har dushanba soat 01:30 da uchib borsa boʻladi. Urumchi xalqaro aeroportidan Samarqandga qaytish reysi yakshanba kuni soat 23:20 ga rejalashtirilgan. Parvozlarning barchasi zamonaviy Boeing 737-800 samolyotlarida ikki toifali-joylashtirish — biznes- va ekonom-klasslarda amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring