Tarixda birinchi marta sariq pingvin suratga olindi
Belgiyalik fotosuratchi Iv Adams Janubiy Jorjiya orolida noyob pingvinni uchratdi va uni suratga olishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda “Izvestiya” telekanali xabar bermoqda.
“Men hech qachon sariq pingvinni koʻrmaganman va u haqda eshitmaganman. Narigi qirgʻoqdagi 120 ming pingvin orasida faqat bittasi sariq rangda edi”, deya taʼkidlaydi fotosuratchi.
Olimlarning fikriga koʻra, bu ushbu turdagi qushlardagi yangi patlar pigmenti. Shuningdek, ajoyib rang genetik mutatsiyaga bogʻliq boʻlish ehtimoli ham bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring