Taqdirimizga bitilgan yorugʻ kunlar

14:52 24 Iyul 2021 Jamiyat
634 0

Qoʻshni Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Bozorqoʻrgʻon tumanida oʻzbek oilasida tugʻilganman. Oʻrta maktabdan soʻng, Toshkentdagi oliygohda oʻqib, taqdir ekan, Oʻzbekistonga kelin boʻldim.

Institutni bitirgach, NKMK 5-kon boshqarmasida ish boshladim. Bilasizmi, mening hech narsadan kamchiligim yoʻq edi, oilam bilan baxtiyor yashardik. Faqat qalbimning bir chetida shu yurtda yashab, shu yurtning fuqarosi emasligimdan koʻnglim xijil yurardim. Qolaversa, bu koʻplab qonuniy huquqlarimni cheklab qoʻyardi. Ota uyimga borishim juda qiyin edi.

Shukurki, taqdirimizga bitilgan yorugʻ kunlar ham bor ekan. Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni hayotimga nur olib kirdi, desam, xato boʻlmaydi. Men va men kabi yana yuzlab kishilar rasman Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻldik.

Ich-ichimdan shu yurtning toʻlaqonli fuqarosi boʻlganimdan faxrlanaman. Albatta, bu oʻzgarishlarning barchasi mamlakatimizda inson manfaatlari ustuvor ekani, Oʻzbekistonning dunyoga ochilib, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro doʻstlik munosabatlari mustahkamlanib borayotgani, asosiysi, odamlarni rozi qilish yoʻlidagi harakatlar oʻz samaralarini berayotganidan dalolat.

Salima XOLDOROVA,
Navoiy viloyati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер