Tana harorati 37 gradusdan yuqori yoʻlovchilarga avia va temir yoʻl xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi

16:51 15 May 2020 Jamiyat
1361 0

AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan brifingda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Karantin davrida mahalliy yoʻnalishlarda avia va temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyishning Vaqtinchalik tartibi haqida maʼlumot berildi.

Mazkur tartibga muvofiq yoʻlovchilarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

— Reyslarga chiqish istagida boʻlgan yoʻlovchilar koronavirus infeksiyasiga test topshirishi lozim.

—Bunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan koʻp boʻlmagan va tahlil natijasi “manfiy” ekanligi haqidagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan yoʻlovchilar reyslarga qoʻyiladi.

— Barcha yoʻlovchilar aeroport va temir yoʻl vokzallari hududiga kirishdan oldin tana harorati oʻlchanadi.

— Tana harorati 37 S dan yuqori boʻlmagan yoʻlovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi hamda havo va temir yoʻl transportlariga bir martalik himoya niqoblari va qoʻlqoplarda kiritiladi.

— Tana harorati 37 S dan yuqori boʻlgan yoʻlovchilarga avia va temir yoʻl xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

— Bunday holatlarda yoʻlovchiga chipta puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi.

— Yoʻlovchilar aeroport va temir yoʻl vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yoʻnaltiruvchi maxsus tasmalar boʻylab harakatlanishlari shart.

— Aeroport va temir yoʻl vokzallarida umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish va savdo shahobchalarining faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻlovchilar savdo avtomatlaridan foydalanishlari mumkin.

— Yoʻlovchilar havo kemalariga va temir yoʻl vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi.

— Avia va temir yoʻl qatnovlariga elektron chiptalar onlayn tarzda sotiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер