Taʼmirlash ishlari sababli poytaxtning baʼzi hududlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

10:15 24 Mart 2023 Jamiyat
559 0

Yunusobod tumani Ahrorobod koʻchasi hududidagi gaz quvuriga gaz hisoblagich oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Shu sababli bugun, 24-mart kuni soat 10:00dan 18:00 ga qadar “Katta Hasanboy” MFY Ahrorobod koʻchasi, Ahrorobod 1-2-3 tor koʻchalari va Katta Hasanboy 8-9-10 tor koʻchalaridagi 500 ta uy xoʻjaliklarida hamda hududdagi 15 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. 

Mirzo Ulugʻbek tumani Qora-su-1 dahasi, Zulayho koʻchasi va Qora-su-6 dahasi, Avayxon koʻchasida oʻrnatilgan gaz hisoblagichlarni yuqori bosimli gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli bugun, 24-mart kuni soat 10:00dan 17:00 ga qadar Qora-su-1 va Qora-su-6 dahasida joylashgan 17 ta koʻp qavatli uylardagi 1 484 ta aholi xonadonlarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Yashnabod tumani, Lininchi koʻchasi RDUK-200, Iltifot koʻchasidagi RDUK-100 hamda Olmos koʻchasidagi RDUK-100 yuqori bosmli GTRlarning chegara hududlariga gaz hisoblagich oʻrnatish ishlari rejalashtirilgan.

Shu tufayli bugun, 24-mart kuni soat 10:00dan 17:00 ga qadar quyidagi isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Shundan aholi isteʼmolchilari:

— “Goʻzal”, “Olmos” MFYlaridagi 1 800 ta uy xoʻjaliklarida gaz bosimi pasayadi;

Ulgurji isteʼmolchilar:

— Ohangaron shosse koʻchasida AGNKS (“Olmos” MFY hududida);

— Rohat avtoservis, Asiana Raging ten, Tegirmon nonvoyxona, Avtotexxizmat, Murabbi J, Dilshod Fud, Gumbaz stroy, Bitonomaks, MJBK, CHP ahmedova, Yurtqurilish servis, Dobri tandir, Abduvaliyev, Darlyuks, Betiz, Klassik Dekor, Baubax, Razzata, Everest Impeks Plyus, Musaffo Biznes, Saidburxon Omad, CHP Avazxon vodiy taomlari, Bahromxon, Savdobaraka;

Bektemir tumanidagi ulgurji isteʼmolchilar:

— SP UzKEYSMASH, SP OOO TESHNO CONTINENTAL, MCHJ SERVIS SAIDA, MCHJ “GOLDGAZ SERVIS”, MCHJ “BEKTEMIR METAN”, MCHJ “TOSHKENT TEXNOLOGIK QURILISH”, Toshkent shahar Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi, MCHJ “MEGA INDUSTRY GROUP”, OOO “KOMANDOR STAR”, OOO “SHERIF GROUP AVTO”, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi, MCHJ “MUSTAQIL”, SP OOO “SP VID” isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер