Taʼmirlash ishlari sabab Shayxontohur va Uchtepa tumanlarining baʼzi joylarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

13:10 24 Dekabr 2022 Jamiyat
444 0

Shayxontohur tumani Ibn-Sino mavzesi Bel tepa koʻchasidagi “Bilyal Biznes” MCHJ qoʻshma korxonasi oldidan oʻtgan, 720 mmli òrta bosimli yer osti gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida joriy yilning 24-dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Shayxontohur tuman tabiiy gaz isteʼmolchilari:

- tumandagi koʻp qavatli 10 000 ta aholi xonadonlari;

- tumandagi yerlik xonadonlar 1700 ta.

Uchtepa tumanidagi aholi xonadonlar:

- yerlik xonadonlar 750 ta.

Ulgurji isteʼmolchilari:

- Issiqlik markazi №-3

Shayxontohur tumanidagi 25 ta ishlab chiqarish va maishiy korxonalar;

Uchtepa tumanidagi 10 ta maishiy korxonalar.

Taʼmirlash ishlari yakuniga yetgach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер