“Talvasa” filmining premerasi boʻlib oʻtdi
“Kinochilar uyi”da uzoq kutilgan “Talvasa” filmining premerasi boʻlib oʻtadi. Film Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga yana bir tuhfa boʻldi. Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi DUK tomonidan suratga olingan.
Film jinoyat kabi dolzarb mavzuga toʻxtalib, u Muzaffar ismli bosh qahramon hayoti orqali ochib berilgan.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Murod Inogʻomov, postanovkachi operator Elmurod Yoʻldoshev, ikkinchi rejissyor Umid Toʻxtayev, kostyumer Mastura Mirvohidova, grimyor Shahzoda Karimova, rassom Alisher Ibragimov.
Filmda Doniyor Hafizov, Saida Rametova, Tesha Moʻminov, Behzod Muhammadkarimov, Mirza Azizov, Anvar Azimov, Rayhon Asadova kabi mahoratli aktyorlar rol ijro etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring