Talofat oqibatlari tezda bartaraf etiladi - Prezident

19:50 28 Aprel 2020 Siyosat
1705 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun zudlik bilan Buxoro viloyatiga yetib bordi. Vertolyotda Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi holatni koʻzdan kechirdi.

“Xalqimiz hamjihat boʻlib, bunday sinovlarni koʻp yengib oʻtgan. Bu safar ham zarur chora-tadbirlar koʻrilib, talofat oqibatlari tezda bartaraf etiladi. Eng muhimi, ruhni tushirmay, birgalikda kurashsak, bu qiyinchiliklardan kuchli boʻlib chiqamiz”, deb taʼkidladi Prezidentimiz.

Turar joylar va infratuzilma obyektlarini taʼmirlash, aholiga har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер