Talimarjon IESda ikkita energoblok bunyod etilmoqda

19:12 08 Yanvar 2024 Jamiyat
878 0

Umumiy qiymati 944,87 million AQSH dollarini tashkil etadigan, 1065 MVt quvvatga ega ushbu bugʻ-gaz qurilmalari ishga tushgach, korxonada yiliga yana 8 milliard kVt soatdan ortiq qoʻshimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. Shu bilan bir qatorda, yuqori tejamkor texnologiyalarni qoʻllash hisobiga yiliga 520 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

— Loyihani amalga oshirishda Ispaniya va Yaponiya kompaniyalari bosh pudratchi sifatida ishtirok etmoqda, — deydi “Talimarjon IES” AJ matbuot xizmati rahbari Elyor Darxonov. — Ayni paytda pudratchi tashkilotlar tomonidan qurilmalarning bosh bino asosi va uskunalar osti tuprogʻining yuk koʻtarish holatini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shundan soʻng bosqichma-bosqich tarzda qurilmaning keyingi qismlarini barpo etishga kirishiladi.

Elyor Darxonovning qoʻshimcha qilishicha, ushbu investitsion loyiha Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Loyiha 2025-yilda ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер