“Taʼlim uchun qulay muhit” dasturi amalga oshiriladi
“Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish taklif etilmoqda.
Dastur doirasida:
— 2023/2024-oʻquv yildan boshlab har yili 500 ming yangi quvvatlarni tashkil etib borish;
— oʻquv oʻrinlari sonini 7,5 milliongacha yetkazish;
— 100 foiz umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan toʻliq taʼminlash;
— 2,5 million oʻquvchi oʻrniga ega maktablar qurishga 8 milliard dollar ajratish rejalashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring