Taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish jarayoniga start berildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.Karimov boshchiligida vazirlikning Taʼlim muassasalari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasi tomonidan davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilishi belgilangan taʼlim tashkilotlarining ichki baholashni oʻtkazishga masʼul va jarayonga jalb etilgan ekspertlar bilan onlayn seminar-trening tashkil etildi.
Unda taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish jarayoni tasdiqlangan reja-grfik asosida 1-martdan boshlanishi taʼkidlandi. Taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki va tashqi baholash jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq sifatli tashkil etish hamda oʻtkazishda taʼlim tashkilotlari masʼul xodimlari va ekspertlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Tadbirda qayd etilganidek, xalqaro tajribada taʼlim tashkilotlarining faoliyat samaradorligiga, yaʼni taʼlim sifatiga baho berishning yagona va taʼsirchan mexanizmi bu attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi orqali amalga oshirish hisoblanadi. Shu bois, tashqi baholash jarayonlariga jalb etilgan vazirlik xodimlari va ekspertlar joylarda jarayonlarni oshkoralik, xolislik, shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etishlari boʻyicha tushuntirish berildi.
Maʼlumot oʻrnida, 2023-yilda attestatsiyadan oʻtkaziladigan taʼlim tashkilotlari grafigi tasdiqlangan. Shunga asosan mart oyidan tashqi baholashlar boshlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring