Taʼlim sohasida xizmatlar hajmi 8,1 trillion soʻmga yetdi

18:14 11 May 2025 Jamiyat
366 0

Illyustrativ foto

2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda taʼlim sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 8,1 trillion soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Bu koʻrsatkich bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,8 foiziga teng. Shuningdek, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan taʼlim xizmatlari 7,6 foizga oshgani qayd etildi.

Umumiy taʼlim xizmatlari ichida esa eng katta ulush 45,8 foiz bilan oliy taʼlim muassasalari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Taʼkidlash joiz, sohadagi xizmatlar hajmi 2023-yilda 1 125,5 milliard soʻmni, 2024-yilda esa 1 842,3 milliard soʻmni tashkil etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер