Talabga koʻra pulini qaytarib oldi
Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qoratepa MFY yashovchi fuqaro R. Oʻzbekov murojaat qildi, deya xabar bermoqda jamiyat matbuot xizmati.
Qayd qilinishicha, u oʻz murojaatida Qarshi shahrida joylashgan OTT Xudoyberdiyev Muzaffar savdo doʻkonidan “Artel” rusumli televizorini 3 450 000 soʻmga xarid qilganligi, ammo televizor nosoz chiqqanligini bildirgan. Isteʼmolchi tadbirkorga bir-necha marta murojaat qilgan, ammo murojaatga ijobiy javob ololmagan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, doʻkoni sotuvchisi xaridordan uzr soʻrab, televizorni qaytarib oldi va 3 450 000 soʻm naqd puli isteʼmolchiga qaytarib berildi. Fuqaro murojaati esa ijobiy hal etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring