Talabalar uchun kontrakt toʻlovlari 1-martga qadar uzaytirildi

15:21 07 Fevral 2022 Jamiyat
1139 0

Koʻpchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional taʼlim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda Respublika taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilar oʻqishi uchun kontrakt miqdorini toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar:

— toʻlov-kontrakt asosida oliy taʼlim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

— toʻlov-kontrakt asosida professional taʼlim muassasalari (texnikum, kollej)ga oʻquvchilikka tavsiya etilganlar;

— tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

— oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер