Tailandda COVID-19ga qarshi emlanishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
Tailandning Buriram provinsiyasi gubernatori buyrugʻiga koʻra, COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlanishdan bosh tortish jinoiy javobgarlikka tortilish uchun asos boʻladi.
Buyruqqa muvofiq vaksina olishni rad qilgan fuqarolar yirik miqdordagi jarimaga tortiladi yoki ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Buriram gubernatori Txatchakon Xattxattxayakun imzolagan mazkur buyruq kecha eʼlon qilingan. Buyruqda vaksinatsiyada ishtirok etishdan yoki shifokor talablarini bajarishdan bosh tortganlik uchun jarimalar miqdori ham belgilangan.
Buriram Tailandning vaksinatsiyada qatnashishni rad qiluvchilar jazolanuvchi ilk provinsiyasi boʻldi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring