Tailandda boʻlib oʻtayotgan para kanoe boʻyicha Osiyo chempionatida Iroda Rustamova 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi
Foto: Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
Tailandning Pattayya shahrida boʻlib oʻtayotgan para kanoe boʻyicha Osiyo chempionatidan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.
VL2 (kanoe) hamda KL2 (baydarka) klasslarida ayollar oʻrtasida hamyurtimiz Iroda Rustamova 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi. Sportchimiz baydarkada 1:25.967 soniya, kanoeda esa 1:05.950 soniya natija qayd etdi.
Vakilimiz bilan birga eronlik va hindistonlik para kanoechilar ham shohsupaga koʻtarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring