Tahlilchilar: Isroil Gʻazodan keyin eʼtiborini Livanga qaratishi mumkin

21:09 13 Iyun 2024 Dunyo
424 0

Foto: Reuters

“Hizbulloh” 2006-yilgi Isroil bilan urushdan keyingi eng yirik zarbasini soʻnggi kunlarda amalga oshirdi. Bunga sabab avvalroq yahudiy askarlarining zarbasi oqibatida guruhning yuqori martabali dala qoʻmondoni halok boʻlgan edi. Oxirgi vaqtlarda Isroil va Livan oʻrtasidagi jangovar harakatlarning kuchayishi Isroil va HAMAS oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar yakuni yaqinlashib qolganiga ishora boʻlsa, ajab emas.

Shuningdek, Tel-Aviv Gʻazodagi harakatlari uchun Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan Xalqaro Jinoyat boʻyicha sudga berilib, genotsid ayblovlariga uchramoqda.

Tahlilchilarga koʻra, Isroil Gʻazodan keyin harbiy eʼtiborini Livanga qaratishi mumkin. Livan armiyasining isteʼfodagi generalining aytishicha, yahudiy askarlari Gʻazodagi urushni tugatmasdan turib, Livan bilan urushni kengaytira olmaydi. Oʻtgan hafta Benyamin Netanyahu chegarada qizgʻin operatsiyaga tayyorlanayotganini aytgan.

“Hizbulloh” dunyodagi eng kuchli nodavlat guruhlardan biridir. U asosan Isroilning shimoliy tarafiga zarba bermoqda. Siyosatchilarning aytishicha, Tel-Avivdek aholi tigʻiz joylashgan shaharga raketa hujumlarini amalga oshirish mamlakatdagi boʻlginchi kayfiyatni yanada oshirib yuborishi mumkin. Ularning qoʻshimcha qilishicha, Gʻazo yoki Livan tasavvur qila oladigan vaziyatni Isroil oʻylashga ham toqat qila olmaydi.

Soʻnggi haftalarda “Hizbulloh” jang maydonida ilgari ishlatilmagan yangi qurollardan, jumladan, Isroil qiruvchi samolyotlarini chekinishga majbur qilgan zenit-raketalardan ham foydalangan. Bu Isroil kuchlarining havodagi ustunligiga shubha tugʻdiradi.

AQSH rasmiylari “Hizbulloh”ga qarshi taranglikning kuchayishi Eron va mintaqadagi boshqa ittifoqchi kuchlarni jalb qilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Isteʼfodagi Livan generali esa bu urushlar mamlakat iqtisodiga ogʻir zarba berishi va buni koʻtara olmasligini aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер