Tadqiqot: qalampir umrni uzaytiradimi?
Xitoylik olimlar 7 yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan yarim million xitoylik holatini kuzatib borishdi.
Koʻngillilar ikki guruhga boʻlindi. Biri - haftasiga 3-marta achchiq taom isteʼmol qilgan. Ikkinchisi - achchiq taom umuman isteʼmol qilmagan. Natijada birinchi guruhda oʻlim holati ikkinchi guruhga qaraganda 14 % kamroq boʻlgan.
Qalampir tarkibida maxsus modda - kapsaitsin mavjud. Kapsaitsin endorfin - quvonch gormonlari ishlab chiqarishni kuchaytiradi.
Bundan tashqari, kapsaitsin saraton hujayralarini oʻldiradi. U mitoxondriyalarni yoʻq qiladi, yaʼni saraton hujayralarini energiyadan mahrum qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring