Tadbirkorning elektr taʼminotidan qarzdorligini kamaytirib berishni vaʼda qilgan muhandis ushlandi

11:23 24 Oktyabr 2023 Jamiyat
184 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda tuman ETK korxonasi muhandisi A.N. va fuqaro Z.J. tadbirkor A.A.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasining elektr taʼminotidan 35,9 mln soʻm qarzdorligini kamaytirib berish evaziga 15 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер