Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga ijara toʻlovini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish yuzasidan quyidagi imtiyozlar belgilangan:
tadbirkorlarga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHM ning 40 baravari (13 mln 200 ming soʻm) miqdorigacha;
tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi;
hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring