Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish sohasida yangiliklar joriy etildi

15:35 10 Noyabr 2022 Jamiyat
844 0

Foto: Illustrativ foto

2023-yil 1-yanvardan quyidagi talablar bekor qilinishi belgilandi:

— tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida eʼlon berish;

— yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar –ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi;

— elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha isteʼmol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish;

— yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qoʻyish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер