Tadbirkorlik faoliyati boʻyicha 6 ta nazorat organida oʻtkazilgan oʻrganishda 5 336 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan

17:47 02 Yanvar 2024 Jamiyat
301 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Biznes-ombudsman axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova sohada 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida jami 2 684 ta taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlib, ular 31 mlrd soʻmlik 110 ta daʼvo arizasi, 95 ta taqdimnoma, 20 ta ogohnoma, 43 ta xulosa va 2 416 ta maʼmuriy bayonnomalardan iborat.

Natijada, 13,9 milliard soʻmlik daʼvo tadbirkorlar foydasiga qanoatlantirilib, 16 ta qaror bekor qilindi, 125 nafar masʼul shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 37 mln soʻmdan ortiq asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.

Shuningdek, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali tadbirkorlarning murojaatlari kechayu kunduz qabul qilinib, hal etish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер