Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Navoiy viloyatidagi ochiq muloqot Bosh vazir oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.Xodjayev, Biznes-ombudsman D. Kasimov va boshqa mutasaddilar boshchiligida oʻtkazilib, unda viloyatdagi 100 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, shuningdek, bir qator sohalar boʻyicha tizimli muammolar koʻtarildi. Bildirilgan murojaat va takliflar oʻrganish uchun qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, 20-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boʻlishi rejalashtirilmoqda. Mazkur tadbirga tayyorgarlik doirasida ayni damda tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari qabul qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring