Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

12:13 10 Iyun 2024 Jamiyat
329 0

Poytaxtimizning Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi Т.Саидовнинг Sergeli va Yangihayot tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Muloqotga 50 nafardan ziyod tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari jalb qilindi.

Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga bojxona sohasida berilayotgan imtiyozlar va qulayliklar, xususan «Eksport uch qadamda» tizimi hamda «Bojxona hududida qayta ishlash» rejimining afzalliklari bilan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish, ularni oʻylantirayotgan muammoli masalalarga birgalikda yechim topish muloqotdan koʻzlangan asosiy maqsad boʻldi.

Tadbirda Savdo sanoat palatasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari С.Қурбонов, Yangi hayot tumani hokimi Ҳ.Иноғомов, tuman soliq inspeksiyasi rahbari Ж.Эргашев, shuningdek, sertifikatsiya idoralari, temir yoʻl vakillari hamda bojxona xodimlari ishtirok etishdi.

Taʼkidlanishicha, 2024-yilning oʻtgan 5 oyi davomida poytaxtda tashqi savdo aylanmasi 5,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga (5,2 mlrd. AQSH $) nisbatan 752 mln. dollarga ortgan. Shundan, eksport qilingan tovarlar hajmi 1,1 mlrd. dollarni tashkil etmoqda.

Poytaxt miqyosida bojxona toʻlovlaridan davlat byudjetiga 11,1 trln. soʻm mablagʻ oʻtkazildi. Shuningdek, 6,9 trln. soʻm bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar qoʻllanildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan jami 73 nafar tadbirkorga 2,2 trln. soʻmlik bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash imtiyozi berildi. Bu esa oʻz navbatida tadbirkorlarning biznesini rivojlantirish va kengaytirish uchun yaxshi qulayliklardan biridir.

Muloqotda eksport deklaratsiyalarini shakllantirishdan boshlab, rasmiylashtirishga qadar boʻlgan barcha jarayonlarni qamrab olgan yangi «Eksport uch qadamda» tizimi haqida batafsil soʻz yuritildi.

Tizimni ishlab chiqishda asosiy eʼtibor eksportchi tadbirkorlar, dehqon va fermerlarga qulaylik yaratish hamda eksportda amaldagi murakkab 9 ta bosqichli jarayondan voz kechib, 3 ta bosqichda oʻtkazishga qaratildi.

Natijada poytaxtda tadbirkorlarning deklarant xizmatlari uchun 20-25 mlrd soʻmlik xarajatlari tejaladi, eksport jarayonlari uchun sarflanadigan vaqt 5 soatdan 1 soatga hamda deklaratsiyalar rasmiylashtiruvi 40 daqiqadan 2 daqiqaga qisqardi, eksport faktining chegarada qayd etilishi natijasida «Soxta eksport» operatsiyalarining oldi olinadi, tizimga eksport jarayonida bevosita ishtirok etuvchi davlat idoralarining dasturlari integratsiya qilinib, barcha ruxsatnomalar onlayn kiritiladi.

Afzalliklardan yana biri, tovarlar amalda bojxona chegarasini kesib oʻtganida soliq va tegishli idoralarga maʼlumotlar onlayn taqdim etilishi natijasida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish tartibotlari soddalashadi.

Sayyor uchrashuvda tadbirkorlar oʻzlarini oʻylantirayotgan muammoli masalalarga atroflicha javob va yechimlar olishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер