Tadbirkorga jazo emas, koʻmak berildi
Joriy yil sentyabr oyining 22 kuni davomida Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari koʻmagi bilan 1446 ta korxonada noqonuniy ishlayotgan 8,5 ming nafardan ortiq fuqaro asosiy ish joyiga rasmiylashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar DSB matbuot xizmati xabar bermoqda. Jumladan, Yashnobod tumani, Ohangaron koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan 13 nafar fuqaro faoliyati soliq xodimlari koʻmagi bilan qonuniylashtirildi.
Xuddi shuningdek, poytaxtimizning Olmazor tumani, Bayroqtol koʻchasida joylashgan qurilish korxonasida 16 nafar fuqaro norasmiy ishlayotgani aniqlandi. Fuqarolarni norasmiy ravishda yollab, ishlatayotgan ushbu tadbirkorlik subyektiga hech qanday jazo choralari qoʻllanilmadi. Aksincha, “Soliq idorasi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyiliga amal qilgan holda mavjud kamchiliklar toʻgʻrilanishiga koʻmaklashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring