Tadbirkordan asossiz 11,1 million soʻm undirish holati bartaraf etildi
Samarqand shahrida faoliyat koʻrsatuvchi “New construction” MCHJ Majburiy ijro byurosining harakatidan norozi boʻlib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Oliy sudning qarori bilan Jamiyatdan 11,1 million soʻm davlat boji undirilishi belgilangan. Jamiyat tomonidan belgilangan mablagʻlar davlat foydasiga toʻlab berilganligiga qaramasdan, Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar boʻlimi tomonidan Jamiyatga nisbatan davlat bojini undirish haqida ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan Jamiyatga nisbatan asossiz qoʻzgʻatilgan ijro ishi tugatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring