Tadbirkor bilan muloqot qiladigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” mobil ilovasidan foydalanishlari majburiy boʻladi
Tadbirkorlar va davlat organlari oʻrtasidagi muloqotda hisobdorlik taʼminlanadi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra 2026-yil 1-avgustdan:
- tadbirkor faoliyatini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanishlari majburiy etib belgilanadi;
- “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish orqali uni qogʻoz koʻrinishida rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi;
“Biznes himoya” QR-kodini joriy etish doirasida:
- tadbirkor tomonidan nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsiga Tekshiruvlarni roʻyxatga olish elektron kitobini taqdim etish tartibi bekor qilinadi;
- nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazishdan oldin “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkordagi “Biznes himoya” QR-kodini skanerlash orqali tekshiruvni roʻyxatga oladi;
- davlat xizmatchilari “Biznes himoya” QR-kodi orqali tekshirish yoki muloqot haqidagi maʼlumotni belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlar davlat xizmatchisini tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik va muloqotga kirishmaslik huquqiga ega.
Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida avtomatik tarzda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ularning shaxsiy kabineti kompozit tartibida ochiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring