Tabiiy qum qazib olgan fuqarolar davlat va jamiyatga 1 milliard soʻm zarar yetkazdi
Gʻuzor tumanida tabiiy qum xom ashyosini oʻzboshimchalik bilan qazib olish holati fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻuzor tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida qurilish sohasida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yoʻnalishida reyd tadbiri oʻtkazilgan.
Unga koʻra, Fuqaro A.X. va boshqalar tumandagi “Qovchin” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Qashqadaryo” daryosi oʻzanidan maxsus texnikalar yordamida 39,5 ming m3 noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xom ashyosini oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 milliard soʻm zarar yetkazganliklari maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring