Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1-aprelga qadar uzaytirildi

19:35 01 Mart 2025 Jamiyat
243 0

Xabaringiz bor, 1-mart sanasidan e’tiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.

Biroq mart oyida havo haroratining past bo‘lishi, hatto ayrim kunlari kechasi va kunduzi harorat 0°C darajadan tushib, odatdagidan ko‘ra sovuqroq kelishi kutilayotgani, qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy me’yor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер