100 litr spirtni chegaradan suv deb olib o‘tmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

13:49 11 Iyul 2018 Jamiyat
1394 0
Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona posti xodimlari fuqaro F.Abdullaxo‘jayeva qo‘shni davlatdan qadoqlangan 20 dona yelim idishlardagi 100 litr “suv” o‘rniga etil spirti olib o‘tganini aniqlashdi.

Opa-singil Hojitoyevalarning “salqin ichimliklar”i esa 31 mln. so‘mdan ortiq yetti turdagi 2008 dona, umumiy og‘irligi 1040 litr pivo bo‘lib chiqdi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 26 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati 95 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan salkam 3600 litr spirt va alkogolli ichimliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер