Suv sporti bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi
Oʻzbekiston suzish federatsiyasi 2-18-fevral kunlari Qatarda oʻtadigan suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilar roʻyxatini eʼlon qildi. Unga koʻra, atletlarimiz suzish, suvga sakrash va sinxron suzish yoʻnalishlarida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Dohada oʻtadigan bahslarda qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:
Suzish: Eldor Usmonov, Ilya Sibirsev
Suvga sakrash: Igor Myalin, Vyacheslav Kachanov
Sinxron suzish: Ziyoda Toshxoʻjayeva, Diana Onkes, Anna Vashenko
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring